NIMA UCHUN NAMLANISH YUZ TERISI UCHUN SHUNCHALIK MUHIM?

Teri sog‘lom bo‘lishi uchun unga suv kerak. Mukammal namlangan teri — silliq va elastik bo‘lib, uning himoya funksiyalari buzilmagan bo‘ladi. Suvsizlangan teri so‘ligan va dag‘al bo‘ladi. Bundan tashqari, quruq teri elastiklik xususiyatini yo‘qotishi mumkin, natijada uning ustida mikro yoriqlar paydo bo‘ladi, bu esa to‘siq funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun sog‘lom va muvozanatlangan teri uchun namlanish katta ahamiyatga ega.

NIVEA CARE yuzni parvarish qilish vositalari teringizni namlaydi va oziqlantiradi.

CARE NAMLANTIRUVCHI KREM

Teringiz sho‘ralayotgan, yorilayotgan va quriyotgan bo‘lsa, u himoya va oziqlantirishga muhtoj bo‘ladi. Bunda CARE barcha turdagi terilar uchun namlantiruvchi krem yordamga keladi.

Benuqson formula teringizning quruqligini yo‘q qiladi, uni 24 soat davomida oziqlantiradi. CARE kremining ipakli tuzilishi foydalanishdan keyin yog‘li jilo qoldirmaydi.

CARE TOZALOVCHI GEL E VITAMINI BILAN

Yuzingizdan makiyajni muloyimlik va ehtiyotkorlik bilan olib tashlashga sizga E vitaminli CARE yuz uchun tozalovchi gel yordam beradi. Istalgan vaqtda, doim qo‘lingiz ostida, barcha teri turlariga mos keladi, qulay qadog‘i esa uzoq vaqt xizmat qiladi!

CARE geli bir zumda yuz, bo‘yin va dekolte terisini chuqur, biroq ehtiyotkorlik bilan tozalaydigan ipak ko‘pikka aylanadi. Vositaning formulasi mukammal darajada muvozanatlangan, kirlanishlarni va kosmetikani izsiz tozalaydi, namlantiradi va himoya qiladi.

Eng yaxshi natijaga erishish uchun geldan CARE namlantirovchi krem bilan birga foydalaning.

CARE GIALURONLI GEL

Gialuron kislotasi va bodring sharbati qo‘shilgan NIVEAning CARE yuz uchun gel normal, aralash va yog‘li teri uchun juda mos keladi. Vositaning tarkibiga kiruvchi gialuron kislotasi suv molekulalari uchun magnit kabi ishlaydi, shuning uchun CARE geli terini mukammal namlantiradi. Bodring ekstrakti esa teringizni yangilaydi va tonusini tiklaydi.

Tabiiy ingrediyentlarga asoslangan gelning o‘ta yengil tarkibiy tuzilishida yog‘lar, spirt va parabenlar mavjud emas, shuning uchun foydalanishdan keyin siz yuzingizda yopishqoq plyonka yoki achishish hissini sezmaysiz.

TA’SIRCHAN TERI UCHUN CARE NAMLANTIRUVCHI KREM

Teri atrof-muhitdagi har qanday o‘zgarishlarga ta’sirlansa, unga alohida g‘amxo‘rlik kerakligi aniq bo‘ladi. Ta’sirchan teri uchun CARE oziqlantiruvchi krem har doim sizga yordam beradi!

Vositaning tarkibiga kiruvchi aloe vera ekstrakti terini namlantiradi va tinchlantiradi. Kremning yengil formulasi esa yuzingizni yog‘li jilo yoki yuzni tortuvchi plyonka hissini qoldirmasdan himoya qiladi.

CARE QARISHGA QARSHI KREM

Endi afsonaviy Care kremidan qarishga qarshi parvarish uchun ham foydalaniladi!

Bu krem barcha eng muhim narsalarga ega — ajinlar bilan kurashish uchun antioksidantlar, yog‘li jilosiz, tarang va nozik teri uchun yengil, biroq intensiv formula, hamda, albatta, katta hajm — uzoq vaqtga yetadi!

CARE TUNGI NAMLANTIRUVCHI KREM

Teringizni himoya qilish va unga g‘amxo‘rlik qilish uchun doimiy parvarish talab etiladi. NIVEA CARE tungi namlantiruvchi yuz uchun krem sizga doim yordam beradi.

Vositaning samarali formulasi tun davomida yuzingiz terisiga ta’sir qiladi, tinchlantiradi va tiklaydi. NIVEA CARE kremi yog‘li jilo qoldirmaydi, tez so‘riladi.